Yaqin Sharqda avj olgan mojaro mintaqamizga ham ta’sir qiladi – Mirziyoyev
Jamiyat
−
16 iyun 11268 2 daqiqa
O‘tgan haftada Eron va Isroil o‘rtasida avj olgan mojaro nafaqat Yaqin Sharq, balki Markaziy Osiyoga ham ta’sir etmay qolmaydi. Bu haqda bugun, 16 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan besh oyda O‘zbekistonda sanoat 6,4 foizga o‘sgan, eksport 18 foizga, xorijiy investitsiyalar 46 foizga oshgan. Qiymati 3 milliard dollarlik 2,5 mingdan ziyod yangi quvvatlar ishga tushgan, 2 million 400 ming odam daromadli bo‘lgan.
Lekin kuni kecha dunyoda yana bir mojarolar o‘chog‘i avj olgani nafaqat Yaqin Sharq, balki Markaziy Osiyo mintaqasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Keskinlashuv davom etsa, pandemiyadan keyin endi-endi tiklanayotgan savdo aloqalari va logistika marshrutlari qiyinlashadi.
“Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib borayapti.
Shu bois har bir hokim hududidagi, vazirlar esa tarmog‘idagi imkoniyat va xavflarni oldindan ko‘ra bilib, proaktiv, ya’ni topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus ko‘rsatib ishlashga o‘tishi shart.
Eng muhimi, aholi va biznes bilan muloqotni yanada kuchaytirib, ular so‘rayotgan masalalarni tez-tez hal qilib berish bu rahbarlarning asosiy vazifasi bo‘lishi zarur”, dedi davlat rahbari.
Live
Barchasi