“Vest Xem” baxtsiz hodisadan omon qolgan Antonio bilan xayrlashdi
Sport
−
08 avgust 2212 1 daqiqa
Angliyaning “Vest Xem” klubi yamaykalik hujumchi Maykl Antonio bilan shartnomani uzaytirmasligini e’lon qildi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.
35 yoshli futbolchi o‘tgan yili 7 dekabr kuni jiddiy yo‘l-transport hodisasiga uchrab, bir necha hafta shifoxonada davolangandi. Uning to‘liq tiklanishiga esa taxminan bir yil ketishi aytilmoqda. Klub bayonotida qayd etilishicha, Antonio YTHdan keyin ham ajoyib jasorat va qat’iyat ko‘rsatgan. U iyun oyida Yamayka terma jamoasi safida CONCACAF Oltin kubogi doirasida Gvatemalaga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan.
Antonio 2015 yil yanvaridan beri mazkur klubda to‘p surib, 2023 yilda Konferensiyalar ligasida g‘olib bo‘lgandi. U “Vest Xem” safida jami 323 o‘yin o‘tkazib, 83 ta gol urgan va 42 ta golli uzatma bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, “Vest Xem” Antonioga kelajakda klubda boshqa lavozimda ishlash imkoniyatini taklif etish ustida suhbatlarni davom ettirmoqda. Klub unga reabilitatsiya davrida sport zallari, tibbiy yordam va mashg‘ulotlarga kirish huquqini berishda davom etadi.
Bayonotda barcha xodimlar Antonio klub tarixida hurmatli o‘rin egallashini va uning 10 yillik fidokorona xizmatlari uchun minnatdor ekanliklarini bildirgan.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr