Vengriyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
Olam
−
12 aprel 1965 1 daqiqa
Vengriyada parlament saylovlari o‘tkazilmoqda. Mamlakat parlamenti 199 nafar deputatdan iborat: ularning 106 nafari bir mandatli saylov okruglaridan, 93 nafari esa umummilliy ro‘yxat bo‘yicha saylanadi.
Saylovda ishtirok etish darajasi bo‘yicha minimal chegara belgilanmagan. Mamlakat ichida va xorijda 8,12 milliondan ortiq Vengriya fuqarosi ovoz berish huquqiga ega. 500 mingga yaqin saylovchi pochta orqali yoki xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda ovoz berishi mumkin.
Har bir saylovchiga ikkita byulleten beriladi: birinchisi – o‘z okrugidagi nomzod uchun, ikkinchisi – partiyaviy ro‘yxat uchun. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Bosh vazir Viktor Orbanning “Fides” partiyasi (kichik koalitsion hamkori –“Xristian-demokratik xalq partiyasi” bilan birga) hokimiyatni saqlab qoladimi yoki muxolifatdagi “Tisa” partiyasi hokimiyat tepasiga keladimi, ma’lum bo‘ladi.
Saylovlarda, shuningdek, o‘ta o‘ngchi “Bizning Vatanimiz” partiyasi, chapchi “Demokratik koalitsiya” va hajviy “Ikki dumli it partiyasi” ham ishtirok etmoqda.
Parlamentga kirish uchun partiyalar ro‘yxat bo‘yicha 5 foizlik to‘siqni yengib o‘tishlari kerak. Ikki partiyadan iborat koalitsiyalar uchun bu chegara 10 foizni, uch va undan ortiq partiyalar uchun esa 15 foizni tashkil etadi.
Live
BarchasiO‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
12 aprel