Kurs UZS

USD

12 935.68

-7.71

EUR

14 164.57

56.27

RUB

158.80

5.1

Vengriya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga rozi bo‘ldi

Olam

image

Vengriya Amerika Qo‘shma Shtatlari aralashuvidan so‘ng Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga rozi bo‘ldi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyartoga qilgan qo‘ng‘irog‘i Budapeshtning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini uzaytirishga rozi bo‘lishiga ta’sir qilgan.

“AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyartoga qo‘ng‘iroq qilib, uni blokning sanksiyalar tizimiga putur yetkazmaslikka chaqirdi”, deyiladi xabarda.

Joriy yilning yanvar oyida Budapesht Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarini uzaytirishga veto qo‘ymoqchi edi. Rubioning qo‘ng‘irog‘i Vengriyani “orqaga qaytishga” majbur qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 6 mart kuni Yevropa Ittifoqining Ukraina bo‘yicha maxsus sammiti bo‘lib o‘tgandi. Yevropa Ittifoqi rahbarlari konsensusga erishishga harakat qildi, YeI elchilari yig‘ilish boshlanishiga qadar bir necha hafta davomida umumiy bayonot matni ustida birga ishladi, ko‘plab diplomatlar ovoz berishga ijodiy yondashish va “konstruktiv tiyilish”ga umid bildirdi, biroq Viktor Orban vakili bo‘lgan Vengriya qat’iyligicha qoldi.

Vengriya rahbari Yevropa Ittifoqining Ukraina bo‘yicha pozitsiyasidan uzoqlashdi va bayonot 27 emas, 26 hukumat va davlat rahbari tomonidan qabul qilindi. Sammit xulosalari matniga Ukraina orqali gaz tranziti bo‘yicha band qo‘shish orqali Slovakiya bilan murosa topildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya sanktsiya Vengriya Amerika Qo'shma Shtatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing