Venesuelalik yosh futbolchi zilziladan keyin bedarak yo‘qoldi
Sport
−
26 iyun 1105 1 daqiqa
Venesuela yoshlar terma jamoasi hamda “Markaziy universitet” klubi futbolchisi Imvert Berroteran mamlakat shimolida yuz bergan kuchli zilziladan keyin bedarak yo‘qoldi. Bu haqda jurnalist Elias Lopes ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi Los-Korales aholi punkti hududida bedarak yo‘qolgan.
Joriy yilning 24 iyunidan 25 iyuniga o‘tar kechasi Venesuela shimolida 7,5 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Mamlakat Vitse-prezidenti Delsi Rodrigesning ma’lum qilishicha, tabiiy ofat oqibatida kamida 32 kishi halok bo‘lgan, 700 nafardan ortiq odam turli darajada jarohat olgan.
Eng ko‘p zarar Yarakuy, Karabobo, Aragua, Miranda va Truxilo shtatlari, shuningdek, Karakas hamda La-Guayra metropoliten hududlariga yetgan.
Live
Barchasi