Venesuelada davlat to‘ntarishi uchun maxsus yollangan shaxslar qo‘lga olindi
Olam
−
05 may 2020
4167Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro kecha, 4 may kuni respublikada davlat to‘ntarishini amalga oshirishni niyat qilgan 13 nafar yollanma xodim qo‘lga olinganini aytdi.
“13 terrorchi qo‘lga olindi. Biz ulardan o‘z rejalarini amalga oshirish uchun foydalanmoqchi bo‘lgan materiallarni tortib oldik. Ularning yonidan giyohvand moddalar, dollar, qurol, sun’iy yo‘ldosh telefonlari, radio, tungi ko‘rish moslamalari topildi”, dedi Maduro davlat televideniyesida qilgan nutqida.
Venesuela Prezidenti jinoyatchilarni qo‘lga olishda ishtirok etganlarning hammasiga tabrik yo‘llab, ularni mukofotlagan.
Ma’lumot o‘rnida, 3 may kuni Venesuela rasmiylari Boliviya Respublikasida davlat to‘ntarishini amalga oshirishni rejalashtirgan Kolumbiyadan kelgan yollanma jangarilar guruhi haqida xabar berishdi. Venesuela Konstitutsiyaviy assambleyasi raisi Diosdado Kabelloning so‘zlariga ko‘ra, yollanganlar Venesuelaga qayiq yordamida kirishga harakat qilgan.
Kolumbiya hukumati Venesuela tomonining bayonotini rad etdi. Ularning versiyasiga ko‘ra, Karakas diqqatni Venesuelaning ichki muammolaridan chalg‘itish uchun Bogotaga qarshi asossiz ayblovlarni ilgari surmoqda.
Venesueladagi vaziyat 2019 yil 23 yanvaridan keyin keskinlashib ketdi. Muxolifat lideri Xuan Guaidoni Amerika Qo‘shma Shtatlari uni vaqtincha davlat rahbari sifatida tan oldi. Unga Lima guruhi mamlakatlari (Meksikadan tashqari) va aksariyat Yevropa Ittifoqi davlatlari qo‘shildi. Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro voqeani davlat to‘ntarishiga urinish deb atadi va AQSH bilan diplomatik aloqalarni uzishini e’lon qildi. Uni qo‘llab-quvvatlashni Rossiya, Belarus, Eron, Xitoy, Kuba, Nikaragua, Suriya va Turkiya ma’lum qildi.
LiveBarchasi