Vazirlar Mahkamasida yangi tayinlov amalga oshirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti huzuridagi sho‘’baga mudir tayinlandi.

Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, Diyorbek Abdugapporovich Bekmirzayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentining Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini muvofiqlashtirish sho‘’basi mudiri etib tayinlandi.

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini muvofiqlashtirish sho‘’basining asosiy vazifalari quyidagilar:

•    seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi mas’ul organlar va tashkilotlar faoliyatini doimiy muvofiqlashtirib borish;
•    seysmologiya sohasida ilm-fanni rivojlantirish, zamonaviy axborot, shu jumladan innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish;
•    seysmik xavfni prognozlash jarayonini raqamlashtirish choralarini ko‘rish;
•    respublikada seysmik xavf darajasini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni doimiy ravishda monitoring qilib borish;
•    aholining seysmik xavfsizligini ta’minlash yuzasidan davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
•    foydalanishda bo‘lgan bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini ta’minlash yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda choralar ko‘rish;
•    respublikaning seysmik faol hududida joylashgan inshootlarning monitoringi natijalariga asoslanib, mustahkamligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing