Vashington xavotirda. AQSH Belarusdagi xizmatchilarini chaqirib oldi

Olam

image

AQSH Davlat departamenti Amerika hukumati xodimlarining Belarusdagi oila a’zolariga mamlakatni tark etishni buyurdi.  

“Davlat departamenti 2022 yil 31 yanvarda davlat xizmatchilarining oila a’zolarining mamlakatni tark etishi to‘g‘risida buyruq chiqardi”, deyiladi departament bayonotida. 

Xabarga ko‘ra, Rossiyaning Ukraina bilan chegarasi yaqinidagi “g‘ayrioddiy va xavotirli harbiy faoliyati” fonida Belarusdagi AQSH fuqarolari yoki u yerga borishni xohlovchilar mintaqadagi vaziyatni “oldindan aytib bo‘lmaydigan” ekanligini hisobga olishlari kerak. 

So‘nggi oylarda Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashgan. Vashington va Bryussel Moskvani Ukrainaga “bosqin” tayyorlayotganlikda ayblamoqda va shu fonda Sharqiy Yevropada o‘z ishtirokini kuchaytirmoqda. 

Rossiyada barcha da’volar rad etilmoqda. Kreml va Tashqi ishlar vazirligi “tajovuzkorlik” hikoyalarining maqsadi Rossiya chegaralari yaqinida xorijiy guruh yaratish ekanligini bir necha bor ta’kidlagan. Ular, shuningdek, keskinlashuvning asosiy sababi qilib Ukrainani qurol-yarog‘  bilan ta’minlayotgan va shu orqali uni harbiy sarguzashtlar sari undayotgan AQSH va NATO harakatlarini ko‘rsatmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Belarus'

Baholaganlar

354

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing