“Vagner”ga qarshi ochilgan jinoiy ish yopildi – Rossiya FXX

Olam

image

Joriy yilning 23 iyun kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) tomonidan boshlangan “Vagner” qurolli qo‘zg‘oloni ishi bo‘yicha tergov jinoiy harakatlar to‘xtatilgani sababli tugatildi. Bu haqda bugun, 27 iyun kuni Rossiya FXXning Jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar qildi.

“Rossiya Federatsiyasi FXX tergov boshqarmasi tomonidan 23 iyun kuni Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 279-moddasi bilan qurolli isyon ko‘tarish fakti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tergov qilish jarayonida aniqlandi. 24 iyun kuni uning ishtirokchilari bevosita jinoyat sodir etishga qaratilgan harakatlarni to‘xtatdi. Shu va tergov uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlarni inobatga olib, 27 iyun kuni tergov organi jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror chiqardi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 25 iyun kuni Kreml voizi Dmitriy Peskov “Vagner” jangchilari javobgarlikka tortilmasligini, Prigojinga qarshi qurolli isyon uyushtirganlik ishi to‘xtatilishini va uning o‘zi Belarusga jo‘nab ketishi mumkinligini aytgandi. Kecha, 26 iyun kuni esa “Kommersant” nashri Rossiya Bosh prokuraturasidagi manbasiga tayanib, “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinga qarshi qurolli isyon uyushtirganlik bo‘yicha tergov ishi hali ham tugallanmagani yozdi.

Prigojinning bir kunlik isyoni

Joriy yilning 24 iyun kuni “Vagner” jangchilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini egallab oldi. Prigojin Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov “Vagner”ga topshirilishini talab qilib, Moskvaga borishini e’lon qildi. Bu orada Moskvada ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati esa Prigojinga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Kechga borib Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan kelishilgan holda “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin bilan muzokara olib borgani ma’lum bo‘ldi. Muzokaralar yakunida Rossiya hududida qurolli harakatlarni to‘xtatish va keskinlikni yumshatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Prigojin ham Moskvaga ketayotgan qo‘shinlari ortga qaytarilganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vagner Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing