Vahshiylarcha o‘ldirilgan Narinning otasi Erdo‘g‘anning huzuriga otlandi
Olam
−
19:08 2045 4 daqiqa
2024 yilda Diyorbakir viloyati Bog‘lar tumanining Tavshantepa qishlog‘ida bedarak yo‘qolganidan 19 kun o‘tib jasadi topilgan 8 yoshli Narin Guranning otasi Orif Guran ishni qayta ko‘rib chiqishni talab qilib, Diyorbakir shahridan Anqaraga piyoda yurishni boshladi. Qizining qabrini ziyorat qilganidan so‘ng yo‘lga chiqqan Guran qariyb ming kilometrlik yurish Prezidentlik Kulliyasi oldida yakunlanishini aytdi. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.
.png)
Qayd etilishicha, Narin Guranning otasi Orif Guran qizining o‘limi bilan bog‘liq ishni qayta va xolis tarzda ko‘rib chiqish maqsadida Diyorbakir shahridan Anqaraga “adolat yurishi”ni boshlagan. Orif Guran yurishi orqali Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anga o‘z ovozini yetkazmoqchi ekanini, manzil esa Kulliya oldi bo‘lishini aytgan.
.png)
“Bu mamlakatda qizimning haqqini yerda qoldirmaydigan yagona inson bor. U ham faqat janob Prezidentdir. Bu yo‘l faqat uning oldiga borish uchundir”, degan u.
Yurish oldidan Tavshantepa qishlog‘idagi Narinning qabri ziyorat qilingan. Shundan so‘ng Orif Guran va uning hamrohlari yo‘lga chiqqan.
.png)
Tadbirda Guranlar oilasi advokati O‘nur Aqdag‘ ham ishtirok etib, Narinning o‘limi bo‘yicha olib borilgan tergov va sud jarayonida yo‘l qo‘yilgan, deb hisoblayotgan kamchiliklarga to‘xtalgan. Uning aytishicha, oila ikki yildan beri ishni qayta ko‘rib chiqish uchun huquqiy kurash olib bormoqda.
.png)
.png)
Advokat tergov davomida ayrim muhim dalillar yo‘qolganini da’vo qilgan. Jumladan, harbiy kameralardagi avvalgi yozuvlar o‘chirilgani, Narin Guranning amakisi Salim Guranning telefonidagi muhim audioyozuv yo‘q qilingani, Narinning qo‘shnisi Nevzat Baxtiyorning telefonida esa huquq-tartibot organlarida bo‘lgan paytda uni qayta tiklashga urinish qilinganini bildirgan.
Aqdag‘ sud jarayoni davomida “WhatsApp hisoboti” deb atalgan hujjat soxta ekani aniqlanganini ham da’vo qilgan. Uning aytishicha, ishdagi “toraytirilgan baza hisoboti” kamera tasvirlari, audioyozuv va boshqa raqamli ma’lumotlarga zid keladi. Advokat Narin uyiga yetib bormagani, so‘qmoq boshida boshqa bir shaxs tomonidan olib ketilib, Nevzat Baxtiyorning molxonasi tomon olib borilgani haqidagi xulosani ham ilgari surgan.
Aqdag‘ bu ma’lumotlar AQSHda yaxshilangan videotasvirlar asosida aniqlanganini va tegishli hisobotlar sudga taqdim etilganini aytgan. Shuningdek, advokat Salim Guranning telefonidagi ma’lumotlar asosida uning qotillik sodir bo‘lgan vaqtda Orifning molxonasi va uyi tomon harakatlangani haqidagi xulosaga zid dalillar mavjudligini bildirgan. Unga ko‘ra, Salim Guran o‘sha vaqtda uyida farzandlari bilan o‘tirib, ovqatlangan.
Advokatning aytishicha, Salim Guran dastlabki 30 daqiqada umuman harakat qilmagan, keyingi 30 daqiqada esa atigi 45 qadam tashlagan. Shu bilan birga, qotillik sodir bo‘lgan vaqtda uning telefonida internet faolligi kuzatilgan.
Nevzat Baxtiyorning telefonida esa internet faolligi qayd etilmagan. Shuningdek, Salim Guranning telefoni soat 15:20 gacha quvvat olayotgani aniqlangan. Aqdag‘ sudlar ushbu ma’lumot va hisobotlarni yetarlicha inobatga olmaganini da’vo qilgan. U Narinning tanasidan aniqlangan PSA bo‘yicha ham yetarlicha e’tibor qaratilmaganini aytgan. Advokatning fikricha, birinchi instansiya sudi, apellyatsiya sudi va Turkiya Oliy kassatsiya sudining qarorlari ham oilani qoniqtirmagan.
“Orif Guranning adolat uchun kurashi bor edi. U bu kurashni shaxsiy adolat yurishiga aylantirmoqchi bo‘ldi. Bu yurishning asosiy maqsadi shunchaki yo‘lni tugatish emas, balki Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anga o‘z ovozini shaxsan yetkazishdir”, degan O‘nur Aqdag‘.
Shundan so‘ng Orif Guran ham yig‘ilganlarga murojaat qilib, qizi uchun haqiqat va adolat izlashda davom etishini aytgan.
“Bu yo‘lga chiqishimning yagona sababi qizimning haqqidir. Men Narin uchun nafaqat yo‘lga chiqishga, hatto o‘limga ham tayyorman. Narinning haqiqatini himoya qilayotgan minglab insonlar bor. Agar men bugun shu yo‘lga chiqayotgan bo‘lsam, sizlar ham bu haqiqatni himoya qilasizlar, deb ishonaman”, degan u.
Guran Anqaraga yetib borgach, yurishini Prezidentlik Kulliyasi oldida yakunlashini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Guranlar oilasi avvalroq Adliya vazirligi huzuridagi Jinoyatlarni sodir etgan shaxslar aniqlanmagan ishlarni o‘rganish departamentiga murojaat qilib, Narinning o‘limi ishini “jinoyatchisi noma’lum” ish sifatida qayta ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Biroq vazirlik tomonidan o‘tkazilgan baholashda jinoyatni “noma’lum shaxs” sodir etganini ko‘rsatuvchi yoki ishni qayta ko‘rib chiqishni talab qiladigan yangi va aniq holatlar aniqlanmagani sababli murojaat rad etilgan. Ayrim sudlanuvchilarga nisbatan chiqarilgan hukmlar Turkiya Oliy kassatsiya sudi tomonidan tasdiqlangani ham rad javobining sabablaridan biri sifatida ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Narin Guran vafotining ikkinchi yilida qabri boshida xotirlangani haqida xabar berilgan edi. Marosimda uning oilasi va ko‘plab fuqarolar ishtirok etgan.
Live
Barchasi