Vens ideal variant – Tramp (video)
Olam
−
09:36 2823 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp 2028 yilgi prezidentlik saylovlari uchun vitse-prezident Jey Di Vens va Davlat kotibi Marko Rubioni “ideal jamoa” deb atadi. Bu haqda u “The Hill” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Oq uy rahbari Milliy politsiya haftaligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda: “Kimga Jey Di Vens yoqadi? Kimga Marko Rubio yoqadi? Juda yaxshi. Bu ajoyib tanlovga o‘xshaydi”, degan.
Trampning ta’kidlashicha, Jey Di Vens “ideal variant” bo‘lgan va uning vitse-prezidentlikka tanlovi ham “ideal qaror” hisoblanadi.
Shu bilan birga, u bu so‘zlari hali rasmiy qo‘llab-quvvatlash emasligini aytgan.
“Bu hech qanday ma’noda men ularni qo‘llayapman degani emas. Lekin baribir bu prezidentlikka nomzod va vitse-prezidentlikka nomzod kabi eshitiladi”, degan Tramp.
Marko Rubio 2016 yilda ham prezidentlikka nomzodini qo‘ygan, ammo praymerizda Trampga yutqazgach, kampaniyasini to‘xtatgan edi. Keyin u Senatga qaytgan va Trampning ikkinchi ma’muriyatiga qo‘shilguncha senator bo‘lib ishlagan.
Jey Di Vens ham senatorlikdan keyin Tramp jamoasiga qo‘shilgan.
Hozircha ularning hech biri 2028 yilgi saylovlarda ishtirok etishini rasman e’lon qilmagan. Ammo Marko Rubio dekabr oyida, agar Vens prezidentlikka nomzodini qo‘ysa, uni birinchi bo‘lib qo‘llab-quvvatlashini aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp 2028 yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin uning o‘rnini kim egallashi mumkinligi haqida tez-tez o‘ylashi va bu mavzuda atrofidagilar bilan muhokama olib borayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi