UzQR olish – endi onlayn!

Biznes

image

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tadbirkorlar uchun UzQR olish jarayonini raqamlashtirdi. Endi QR-kod olish uchun bank ofisiga borish shart emas – barcha jarayonni Biznes 24/7 ilovasi orqali masofadan turib amalga oshirish mumkin.

Yangi imkoniyat tadbirkorlarga vaqtni tejash, to‘lovlarni qabul qilishni soddalashtirish va savdo nuqtalarida naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada qulay tashkil etish imkonini beradi.

Yagona UzQR – turli to‘lovlar uchun yagona yechim

Tadbirkor bitta UzQR orqali turli banklar va to‘lov ilovalari orqali amalga oshiriladigan to‘lovlarni qabul qilishi mumkin. Bu esa bir nechta QR-kod yoki qo‘shimcha qurilmalardan foydalanish zaruratini kamaytiradi.

QR orqali amalga oshirilgan to‘lovlar tadbirkorning bank hisobvarag‘iga tushadi. Barcha operatsiyalarni esa yagona platforma orqali kuzatib borish mumkin. Natijada to‘lovlarni qabul qilish jarayoni soddalashadi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish tezlashadi.

Mijozlar uchun ham qulay

UzQR orqali xaridorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan bank yoki to‘lov ilovasi orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin. Bu to‘lov jarayonini tez va osonlashtirib, naqd pulsiz hisob-kitoblardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

UzQR’ni qanday olish mumkin?

Buning uchun tadbirkorga Biznes 24/7 ilovasi orqali bir nechta oddiy qadamni bajarish kifoya:

Yagona QR → Ariza yuborish → Ariza holatini kuzatish → QR-kodni shakllantirish → Yuklab olish

“Biznesni rivojlantirish banki” raqamli xizmatlarni rivojlantirish va tadbirkorlar uchun bank xizmatlaridan foydalanishni yanada soddalashtirishda davom etmoqda. Bank zamonaviy raqamli yechimlar orqali tadbirkorlarning vaqti va xarajatlarini tejashga qaratilgan xizmatlarni kengaytirib bormoqda.

Bank axborot xizmati 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing