O‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tgan OTMlarda kontrakt miqdori oshirilmaydimi?
Jamiyat
−
20 iyun 2020
6136Kecha, 19 iyun kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan 10 ta OTM rahbarlari ishtirokida majlis o‘tkazildi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroridan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash masalasi muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida pandemiya sharoitidan kelib chiqib, 2020/2021 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorini oshirmaslikka qaror qilindi.
Bir yillik shartnoma qiymati mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilanishini inobatga olib, ushbu miqdor o‘zgarganda masalani qayta ko‘rib chiqishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabrdagi 967-sonli qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan 10 ta OTM tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan.
LiveBarchasi