O‘zgidromet aholiga shoshilinch axborot bilan chiqdi
Jamiyat
−
28 iyul 2022 66538 1 daqiqa
Joriy yilning 29 iyulidan 1 avgustigacha kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, O‘zbekistonning ayrim hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, 29 iyuldan 1 avgustgacha kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, tog‘oldi va tog‘li hududlarda:
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiMetroda poverbank yonib ketdi
08 iyun