O‘zgidromet 8 ta viloyat aholisiga shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Bu qiziq
−
20 iyun 2024 46588 1 daqiqa
20-24 iyun kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Jumladan, quyidagi hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi kutilmoqda:
- Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
- Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyatining So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
“Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin”, deyiladi O‘zgidromet xabarida.
Shuningdek, tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr