O‘zbekistonning JARdagi birinchi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Janubiy Afrika Respublikasidagi birinchi Favqulodda va muxtor elchisi Ashraf Xo‘jayev kecha, 2 oktyabr kuni Pretoriya shahrida joylashgan Sefako Makgato prezident mehmonxonasida Prezident Siril Ramafosaga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda JAR Prezidenti ma’muriyati xabar berdi.

44 yoshli Ashraf Xo‘jayev Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Pekin universitetini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega.

U Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi faoliyatini 2005 yilda referent sifatida boshlagan. O‘tgan yillar davomda u vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, Nyu-York shahridagi O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasida va Buyuk Britaniyadagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan.

Ashraf Xo‘jayev 2018 yildan e’tiboran Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy diplomatiya departamenti boshqarma, bosh boshqarma boshlig‘i va direktori bo‘lib faoliyat olib borgan. U 2024 yil fevralda O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Janubiy Afrika Respublikasi Siril Ramafosa Ashraf Xo'jaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing