O‘zbekistonning Yangi Zelandiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 1 aprel kuni Vellington shahridagi “Government House” qarorgohida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi Alisher Qayumov Yangi Zelandiyada o‘rindoshlik asosidagi elchi sifatida ushbu davlat general-gubernatori Dame Sindi Kiroga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston elchisi Yangi Zelandiyaning maori tub aholisiga xos qadimiy an’analar asosida tantanali ravishda kutib olingan. Rasmiy marosim va undan keyingi suhbat chog‘ida so‘nggi yillarda izchil rivojlanib borayotgan O‘zbekiston – Yangi Zelandiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan. Xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilm-fan, ta’lim va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari atroflicha ko‘rib chiqilgan.

General-gubernator Dame Sindi Kiro O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholagan. U davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va xalqaro biznes uchun qulay investitsiya muhitini yaratish borasida erishilayotgan natijalarni alohida ta’kidlagan.

Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, siyosiy muloqotni faollashtirish, shuningdek savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa o‘zaro manfaatli sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish muhim ekani qayd etilgan.

Shu bilan birga, Yangi Zelandiya tomoni mamlakatlar o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni hamda boshqa sohalarda yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanini bildirgan.

Uchrashuv yakunida general-gubernator Dame Sindi Kiro ikki tomonlama munosabatlarni bundan buyon ham mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ta’kidlab, O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga samimiy tilaklarini yo‘llagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Iroqdagi yangi elchisi Ayubxon Yunusov mamlakat Prezidenti Adullatif Rashidga ishonch yorliqlarini topshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

elchi Yangi Zelandiya Alisher Qayumov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing