O‘zbekistonning yaqin qo‘shnisida kuydirgi aniqlandi

Olam

image

Qozog‘istonning Chimkent shahrida 75 yoshli shaxsda kuydirgi (Sibir yarasi) kasalligi aniqlandi. Shu munosabat bilan shifokorlar va sanitariya xizmatlari shahar aholisiga murojaat qildi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

Nashrning sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tayanib yozishicha, erkak joriy yilning 17 fevral kuni shifoxonaga yotqizilgan.

“Bemor tekshiruvdan o‘tmoqda va tasdiqlangan klinik protokolga muvofiq davolanmoqda. Uning ahvoli shifokorlarning doimiy nazorati ostida”, deyiladi idora xabarida.

Ijtimoiy tarmoqlarda kasallangan go‘sht Chimkentga Turkiston viloyatining Sayram tumanidan yetkazib berilgan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Hozirda mutaxassislar ushbu tumandagi chorva so‘yish punktlarini tekshirmoqda.

Zararlangan go‘sht olib kelingani aytilayotgan Chimkentdagi bozor ma’muriyati ushbu mahsulot peshtaxtalarga tushgani haqidagi xabarlarni qat’iyan rad etgan. Ular sotuvga chiqarishdan oldin hamma narsa sinchiklab tekshirilishiga ishontirmoqda.

Shu bilan birga, shifokorlar va sanitariya xizmatlari aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga hamda go‘sht mahsulotlarini faqat veterinariya nazorati yo‘lga qo‘yilgan rasmiy savdo nuqtalaridan sotib olishga chaqirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning iyul oyida ham Qozog‘istonning Aqmola viloyati Otbosar tumanidagi ikki qishloq kuydirgi aniqlangani sababli karantinga yopilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston kuydirgi Chimkent Sibir yarasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing