O‘zbekistonning Slovakiyadagi ilk elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
07 mart 2025 2629 1 daqiqa
O‘zbekistonning Slovakiyadagi birinchi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Vena shahrida joylashgan) Baxtiyor Ibragimov ushbu mamlakat Prezidenti Peter Pellegriniga ishonch yorlig‘ini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bratislavadagi “Grassalkovichlar” saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimdan so‘ng o‘tkazilgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
“Tomonlar so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichiga ko‘tarilayotganini ta’kidlashdi. Shuningdek, joriy yilda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda salmoqli qo‘shma tadbirlar belgilangani mamnuniyat bilan qayd etildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Ibragimov joriy yilning yanvar oyida Albaniya Prezidenti Bayram Begayga O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi elchisi sifatidagi ishonch yorlig‘ini topshirgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025