Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

O‘zbekistonning Albaniyadagi ilk elchisi tayinlandi

Olam

image

O‘zbekistonning Albaniyadagi birinchi Favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Ibrohimov Albaniya Prezidenti Bayram Begayga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Rasmiy marosimdan so‘ng Prezident qarorgohida bo‘lib o‘tgan muloqotda O‘zbekiston bilan Albaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Bayram Begay O‘zbekistonda keyingi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning samaralarini yuksak baholadi. Har ikki tomon munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga tayyorligini tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, Baxtiyor Ibrohimov 2023 yilning noyabr oyida akkreditatsiyadan o‘tgan va Avstriya Prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirgan edi. Shuningdek, 2023 yilning oktyabr oyida u YeXHT, BMT NJQB, OHICHK, MAGATE va BMTning Venadagi boshqa tuzilmalari kabi xalqaro tashkilotlarda O‘zbekistonning rasmiy vakili sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rahmatulla Nurimbetov O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston elchi Albaniya Bayram Begay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing