O‘zbekistonning Para Osiyo o‘yinlaridagi multi-medalchilari e’lon qilindi

Sport

image

Joriy yilning 22-28 oktyabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida IV Para Osiyo o‘yinlari o‘tkazildi. Bahslarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik para atletlardan 9 nafari multi-medalchi maqomiga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston vakillaridan 4 nafari qit’a Paralimpiadasida 3 ta medalga sazovor bo‘lgan. Jumladan, para suzishda Muzaffar Tursunxo‘jayev, Kirill Pankov va Firdavsbek Musabekov, para yengil atletikada esa Asila Mirzayorova nufuzli kompleks musobaqada 3 marta shohsupaga ko‘tarildi.

O‘zbekistonlik multi-medalchilar ro‘yxati:

Muzaffar Tursunxo‘jayev - 1 ta oltin, 2 ta kumush (para suzish);
Asila Mirzayorova - 1 ta oltin, 2 ta bronza (para yengil atletika);
Kirill Pankov  - 1 ta oltin, 2 ta bronza (para suzish);
Firdavsbek Musabekov  - 1 ta kumush, 2 ta bronza (para suzish);
Islom Aslanov  - 1 ta oltin, 1 ta kumush (para suzish);
Nurxon Qurbonova - 1 ta oltin, 1 ta kumush (para yengil atletika);
Doniyor Ahmedov - 1 ta oltin, 1 ta bronza (para yengil atletika);
Mohigul Hamdamova - 1 ta oltin, 1 ta bronza (para yengil atletika);
Yoqutxon Xolbekova - 2 ta bronza (para yengil atletika).

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Para Osiyo o‘yinlariga Yaponiyaning Nagoya shahri mezbonlik qiladi. 2030 yilgi musobaqalar esa Qatarda o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing