O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 5 noyabr kuni 2026 yilning 27 yanvardan 7 fevralgacha Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Osiyo kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston futzal terma jamoasi “C” guruhidan o‘rin egalladi.

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi qit’a kubogida deyarli teng kuchli jamoalar jamlangan “C” guruhidan o‘rin egalladi. Nodir Eliboyev shogirdlari guruh bosqichida Osiyo qit’asining to‘rt karra chempioni Yaponiya, Tojikiston hamda yashil qit’a  vakillari  Avstraliya terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Quyida barcha guruhlar tarkiblari bilan tanishing:

“A” guruhi: Indoneziya, Iroq, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya;

“B” guruhi: Tailand, Vetnam, Quvayt, Livan;

“C” guruhi: Yaponiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Avstraliya;

“D” guruhi: Eron, Afg‘oniston, Saudiya Arabistoni, Malayziya.

Ma’lumot uchun, qit’a chempionatining final bosqichida 16 ta jamoa ishtirok etadi. Bahslar Jakarta shahridagi ikkita yirik sport majmuasida – “Indoneziya arena” (sig‘imi 16 500 tomoshabinga mo‘ljallangan) hamda “Gelora Bang Karno” (sig‘imi  7166) da bo‘lib o‘tadi. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar nimchorak finalga yo‘llanma oladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi futzal Nodir Eliboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing