O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi qancha? MB so‘nggi raqamlarni ochiqladi
Jamiyat
−
09 avgust 2021 9843 1 daqiqa
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi joriy yilning 1 avgust holatiga ko‘ra 965 million AQSH dollariga oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Markiziy banki Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning avgust oyi holatiga ko‘ra, 35,1 milliard dollarni tashkil etmoqda. Iyul oyi boshida esa 34,1 milliard dollarni tashkil qilgan.
Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) 13 mlrd 191 mln dollarni tashkil qildi va iyul oyiga nisbatan 346 million dollarga qisqardi.
Ma’lum qilinishicha, zaxiradagi oltinning sof fizik hajmi esa 11,8 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Iyul oyi boshida 11,5 milliard dollarni tashkil qilgan.
Aytish joizki, mamlakat iyul oyida oltin eksportini amalga oshirmagan. O‘tgan bir oyda oltin zaxirasining sof hajmi 11,5 million troy unsiyadan 11,8 mln troy unsiyaga yetgan.
Live
Barchasi