O‘zbekistonning mundialga chiqish imkoniyatlari qanday baholanyapti?
Sport
−
20 mart 2025 20764 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati-2026 turniriga chiqish imkoniyati 83%ga baholanmoqda. Bu haqda “Football meets data” xabar berdi.
“Football meets data” Jahon chempionati-2026 Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichidagi terma jamoalarning mundialga chiqish imkoniyatini foizlarda baholab chiqdi. Unga ko‘ra, Yaponiya terma jamoasi 100%, Eron 99%, Janubiy Koreya 98%, O‘zbekiston 83%, Avstraliya 66%, Iroq 63 foizga baholangan.
Shuningdek, Iordaniya 35%, BAA 16%, Bahrayn 12%, Qatarda o‘tgan Jahon chempionati-2022 ishtirokchisi Saudiya Arabistoni 11% va Xitoyning imkoniyati 8 foizga teng ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi O‘zbekiston-Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldidan qalbaki chiptalar bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqqani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025