O‘zbekistonning “qora ro‘yxat”larga tushishiga sabab bo‘lgan omilga barham berildi – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Ko‘p yillar davomida O‘zbekistonni turli “qora ro‘yxat”larga kiritilishi uchun sabab bo‘lgan majburiy, jumladan, bolalar mehnatiga to‘liq barham berildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 mart kuni birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi ochilishidagi nutqida so‘z ochdi.

“Islohotlarimizning muhim yo‘nalishi sifatida mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va so‘z erkinligini ta’minlash, demokratik media makon yaratish bo‘yicha zarur choralar amalga oshirilmoqda.

Ommaviy axborot vositalarini “to‘rtinchi hokimiyat”ga aylantirish, davlat idoralarining jamiyat oldidagi hisobdorligini oshirish borasida sezilarli natijalarga erishmoqdamiz.

Bu boradagi eng muhim yutug‘imiz shuki – biz jamiyatimizda “yopiqlik muhiti”dan qutulib, Yangi O‘zbekiston poydevorini aynan erkinlik va adolat tamoyillari asosida barpo etmoqdamiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident mamlakatda bolalar va majburiy mehnat bartaraf etilganining e’tirofi sifatida yaqinda xalqaro “Cotton Campaign” koalitsiyasi hamda jahondagi mashhur brendlar tomonidan O‘zbekiston paxtasi va tekstil mahsulotlariga nisbatan ilgari o‘rnatilgan boykot bekor qilinganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing