O‘zbekistonliklarning “qul” qilinishi ortidan Ukrainaga nota yuborildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Ukrainaning Kiyev viloyati hududidagi issiqxonalardan birida 13 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining og‘ir axvolda “qul” sifatida ishlatilayotgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi vakillari voqea joyiga tashrif buyurgan. Ayni paytda barcha fuqarolarning sog‘-salomat ekani aniqlanib, ular davolanish uchun Kiyev viloyatidagi mahalliy shifoxonalardan biriga joylashtirilgan.

Elchixona tomonidan fuqarolar bilan bog‘liq vaziyat to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, ularni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha barcha kerakli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

“Shu jumladan, o‘zbekistonliklarga tegishli konsullik va huquqiy yordamni amalga oshirish maqsadida Ukraina TIV va Bosh prokurori ofisiga tegishli notalar yuborildi. Mazkur xolat yuzasidan jinoiy ish ochilib, gumonlanuvchilar ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda.

Elchixona fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga har tomonlama yordam ko‘rsatish hamda qonuniy huquqlarini tiklash borasida barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishda davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, elchixona Ukrainada inson xayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar kuzatilayotgani bois O‘zbekiston fuqarolaridan o‘z xavfsizligini inobatga olgan holda mazkur mamlakatga ayni vaqtda tashriflarni rejalashtirmaslikni tavsiya qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur ish doirasida Xitoy Xalq Respublikasining ikki nafar fuqarosi, bir nafar o‘zbekistonlik va bir nafar ukrainalik ayol qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. Ularga nisbatan og‘ir jinoyat sodir etganlik bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Ukraina nota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing