O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida necha kun dam oladi?
Jamiyat
−
19:23 856 1 daqiqa
O‘zbekistonliklar 2026 yilgi Mustaqillik bayramida necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Prezidentning “2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.
Unga ko‘ra, 5 kunlik ish tartibidagi xodimlar uchun avgust oyining oxirgi kunlari va sentyabr oyining boshi ketma-ket 4 kunlik uzluksiz dam olish kuni sifatida belgilangan:
- 29 avgust (shanba) – odatiy dam olish kuni;
- 30 avgust (yakshanba) – odatiy dam olish kuni;
- 31 avgust (dushanba) – barcha xodimlar uchun belgilangan qo‘shimcha ishlanmaydigan kun;
- 1-sentabr (seshanba) – Mustaqillik kuni (rasmiy bayram va ishlanmaydigan kun).
6 kunlik ish tartibida mehnat qiladigan xodimlar uchun shanba kuni ish kuni hisoblangani sababli dam olish kunlari ketma-ketligi 3 kunni tashkil etadi:
- 29 avgust (shanba) – bayram oldi qisqartirilgan ish kuni;
- 30 avgust (yakshanba) – odatiy dam olish kuni;
- 31 avgust (dushanba) – barcha xodimlar uchun belgilangan qo‘shimcha dam olish kuni;
- 1 sentyabr (seshanba) – Mustaqillik kuni (rasmiy bayram va ishlanmaydigan kun).
2 sentyabr (chorshanba) – barcha uchun odatiy ish kuni.
Live
Barchasi