Bugun Prezident Mustaqillik bayrami tadbirida ishtirok etadi
Jamiyat
−
08:57 2008 1 daqiqa
Bugun, 28 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat yetakchisining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Asadovning qayd etishicha, bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida joylashgan "Shahidlar xotirasi" xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi.
Shuningdek, kechqurun davlat rahbari O‘zbekiston tarixidagi qutlug‘ sana – mamlakat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etib, o‘zbek xalqini bayram bilan tabriklaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan bir guruh o‘zbekistonliklarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgandi.
Live
Barchasi