O‘zbekistonlik mutaxassis Xalqaro sport tashkilotida ish boshladi
Sport
−
07 fevral 5529 1 daqiqa
Tailandda bo‘lib o‘tgan Osiyo velosport konfederatsiyasi kongressida o‘zbekistonlik Kozim O‘rinboyxo‘jayev Osiyo velosport konfederatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga saylandi. Bu haqda O‘zbekiston velosport federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kozim O‘rinboyxo‘jayev Osiyo velosporti konfederatsiyasi mas’ul lavozimiga tayinlangan ilk o‘zbekistonlik bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, O‘rinboyxo‘jayev O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi. Tailandda o‘tgan kongressda u 2024 yilda Osiyo velosporti rivojiga qo‘shgan hissasi uchun konfederatsiya tomonidan taqdirlandi.
Live
Barchasi