O‘zbekistonlik xudkush-terrorchilar Suriyada Rossiya bazasiga hujum qildi (video)
Olam
−
21 may 13485 1 daqiqa
Rossiya harbiylari Suriyadagi harbiy bazaga to‘rt nafar xudkush-terrorchi tomonidan amalga oshirilgan hujumini qaytardi. Bu haqda Mash Telegram-kanali hujum tasvirlari aks etgan video bilan xabar berdi.
Qayd etilishicha, xudkush-terrorchilardan uch nafari yo‘q qilingan.
Ma’lum qilinishicha, hujum kecha, 20 may kuni erta tongda Xmeymim aviabazasidan uncha uzoq bo‘lmagan Latakiya shahrida sodir bo‘lgan. Jangarilar qo‘riqlash postlarini yorib o‘tishga uringan, biroq rossiyalik harbiylar ularga qarshilik ko‘rsatgan. Otishma natijasida 3 nafar terrorchi yo‘q qilingan, yana biri orqaga chekingan. Unga tankka qarshi granata otish moslamasi bilan hujum qilingan, ammo u muvaffaqiyatli bo‘lgan-bo‘lmagani hali ham noma’lum.
Jangarilarning shaxsi allaqachon aniqlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning barchasi O‘zbekistondan kelgan va Suriyaning yangi hukumatini tan olmaydi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr