O‘zbekistonlik dzyudochilar “Katta dubulg‘a” turnirini 3 ta medal bilan yakunladi
Sport
−
19 fevral
2672Ozarbayjon poytaxti Baku shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri nihoyasiga yetdi. Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi vakillari yakunda 3 ta medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik dzyudochilar 1 ta oltin, 2 ta bronza medalini jamoa hisobiga qo‘shib qo‘ydi. Ayollar o‘rtasida -52 kg vaznda Diyora Keldiyorova oltin, -48 kg da Halima Qurbonova bronza medali sohibiga aylandi.
Erkaklar o‘rtasida -60 kg vaznda Doston Ro‘ziyev shohsupaning 3-pog‘onasidan joy oldi.
Turnirning oxirgi kunida O‘zbekiston vakillaridan O‘tkirbek To‘raboyev bronza medali uchun kurashish bosqichigacha yetib keldi. Biroq +100 kg vazn toifasida kurashgan To‘raboyev 3-o‘rin uchun kechgan bahsda niderlandiyalik Yur Spaykersga imkoniyatni boy berdi.
LiveBarchasi