O‘zbekistonlik ayol turkiyalik sevgilisini qariyb $20 mingga “uxlatdi” (video)
3-sahifa
−
20 aprel 32213 3 daqiqa
Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik 36 yoshli ayol 56 yoshli sevgilisi Rajab O‘nderdan 900 000 turk lirasi (taxminan 20 000 dollar) olib, uni aldab ketdi. Bu haqda Rajab “ATV” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Ma’lum qilinishicha, ayol 2024 yilda O‘nderning mashinasiga yo‘lovchi bo‘lib chiqqanida tanishgan. O‘sha kuniyoq ular telefon raqamlarini almashgan.
“Oramizda biroz muloqot bo‘ldi. Tanishganimizdan keyin u o‘z yurtiga qaytdi. Bir yil o‘tgach Turkiyaga qaytib keldi va biz ovqatlanishga bordik. O‘sha yerda munosabatlarimiz boshlandi. Men 56 yoshdaman, u esa 36 yoshda edi. Oramizda 20 yosh farq bor edi. Muammo bo‘lmaydimi, deb so‘radim. U “yo‘q, bo‘lmaydi”, dedi. Men G.ni ilk ko‘rganimdayoq oshiq bo‘ldim”, degan Rajab O‘nder.
Xabarga ko‘ra, ayolning 3 nafar farzandi bo‘lgan va erkakdan bolalariga yuborish uchun pul olib turgan.
“Munosabatimizning dastlabki uch oyida men unga 3 500 dollar berdim. Keyin u o‘z yurtiga qaytdi. “Menda ham biroz pul bor”, dedi. Mayli, yordam beraman, dedim va yana 5 500 dollar yubordim. So‘ng, O‘zbekistondan o‘ziga uy sotib oldi. Uyning to‘lovlari borligini aytib, mendan yana pul so‘ray boshladi. Bir marta 1 500 dollar berdim, yana 1 500 dollar berdim. Keyin yana 1 000 dollar berdim”, degan erkak.
O‘nderning aytishicha, G. undan pul olish uchun turli noz-karashma qilgan va ayolning iliq munosabatiga aldangach, yana pul berib turgan. Qolaversa, G. erkakni nikoh va’dasi bilan aldab kelgan.
“Men G. bilan turmush qurishni, oila qurishni xohlagan edim. Ammo u meni mushuk-sichqon bilan o‘ynagandek o‘ynatdi. Men qo‘lma-qo‘l bergan pullarim, kredit olib eng so‘nggi rusumdagi telefon olib berganim, kartasiga yuborgan mablag‘larim – jami qariyb 20 ming dollar sarfladim. Munosabatimiz boshlanganidan keyin uning noto‘g‘ri yo‘lda ekanini payqadim. Uni o‘sha yo‘ldan qaytarishga urindim. “Boshqa erkaklar bilan uchrashishim kerak, pul yig‘ishim kerak”, “uyimning kredit to‘lovlari bor”, derdi. Begona erkaklar bilan uchrashmasin deb, ikki marta bankdan kredit ham oldim. Ammo men uni o‘sha hayotdan qutqara olmadim”, degan u.
O‘nderning so‘zlariga ko‘ra, ularning munosabati joriy yilning fevral oyida nihoyalangan.
“Meni xarob qilding. Sening niyating yomon ekan. Mening maqsadim senga yordam berish, seni o‘sha hayotdan qutqarish edi. Ammo sen o‘sha hayotni tanlading. Xudo yo‘lingni ochiq qilsin. Lekin mening pullarimni qaytarib ber”, degan u so‘zining yakunida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya fuqarosiga turmushga chiqib, erining amakivachchasi bilan xiyonat qilganlikda ayblangan o‘zbekistonlik ayolga sud tomonidan 170 ming turk lirasi (taqriban 3800 AQSH dollari) tovon puli to‘lash belgilangandi.
Live
Barchasi