Turkiyalik erining amakivachchasi bilan xiyonat qilgan o‘zbekistonlik kelinga jarima belgilandi

3-sahifa

image

Turkiya fuqarosiga turmushga chiqib, erining amakivachchasi bilan xiyonat qilganlikda ayblangan o‘zbekistonlik ayolga sud tomonidan 170 ming turk lirasi (taqriban 3800 AQSH dollari) tovon puli to‘lash belgilandi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda. 

Gap shundaki, Turkiyaning Sakarya viloyati Oqyoz tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.U. (erkak) turmush o‘rtog‘i – o‘zbekistonlik G.K. (ayol) amakivachchasi bilan unga xiyonat qilgani uchun sudga ajrim da’vosi bo‘yicha murojaat qilgan. 

Sud er-xotinning ajrashishiga, G.K. esa 50 ming lira moddiy va 120 ming lira ma’naviy, jami 170 ming lira tovon puli to‘lashi haqida hukm chiqargan.  

Erning da’vosiga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i amakisining o‘g‘li bilan o‘z uyida unga xiyonat qilgan. Juftlik 4 yil avval turmush qurgan, farzandi bo‘lmagan. Ayol xiyonati fosh bo‘lgach, O‘zbekistonga qochib ketgan, ammo qayd etilgan manzildan topilmagan. 

Ma’lumot uchun, so‘nggi 10 yilda Turkiyada chet ellik kelinlar soni 68 foizga oshgan. Xususan, o‘zbek kelinlarining ro‘yxatda sezilarli darajada ko‘tarilishi demografik o‘zgarishlarning muhim ko‘rsatkichlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. 

Xorijiy kelinlar orasida 2025 yilda 13,8 foiz bilan suriyaliklar birinchi o‘rinni qayd etgan bo‘lsa, 13,7 foiz bilan o‘zbek kelinlari ikkinchi o‘rinda bormoqda. Kuchli uchlikni 9,6 foiz bilan marokashlik kelinlar yakunlagan. 

Turkiya jamoatchiligida chet ellik kelin deganda, birinchi navbatda rus va ukrain ismlari esga tushsa-da, so‘nggi yillarda geografik, iqtisodiy va migratsiyaga asoslangan rivojlanishlar tufayli reytingda turli mamlakatlar yetakchilik qilayotgani kuzatilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing