O‘zbekistonlik ayol Turkiyada ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi
Olam
−
07 iyul 2023 9162 2 daqiqa
O‘zbekistonlik ayol Turkiyaning Istanbul shahrida ruhiy va nevrologik kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi. Barcha tekshiruvlardan so‘ng u O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 5 iyul kuni tungi soat 1:12 da Istanbul shahrining Esenyurt tumanidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasi oldida o‘zbekistonlik ayolning noodatiy harakatlari politsiya xodimlarining e’tiborini tortgan. Ayol politsiya tomonidan o‘sha zahoti qo‘lga olingan, so‘ng u O‘zbekiston fuqarosi F.F. ekani aniqlangan.
Xabarga ko‘ra, ayol haddan tashqari iste’mol qilingan spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan va harakatlarini boshqara olmagan.
Voqea joyiga chaqirilgan tibbiy guruhlar tomonidan shifoxonaga yotqizilgan ayol, davolangandan so‘ng Bakirko‘y tumani Ruhiy va nevrologik kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan. Mazkur shifoxonada muolajalari yakunlangan ayolga nisbatan “Yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid solish” jinoyati bo‘yicha sud ishi qo‘zg‘atilgan. Tekshiruvlar natijasida ushbu shaxs 22 iyun kuni mamlakatga qonuniy yo‘l bilan kirgani aniqlangan.
Jinoyat ishi bilan bog‘liq jarayonlardan so‘ng u deportatsiya qilish uchun tuman Immigratsiya ma’muriyati olib ketish markaziga topshirilishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Istanbul shahridagi ko‘p qavatli uyning birinchi qavatidagi xonadonda portlash sodir bo‘lishi oqibatida ushbu xonadonda yashab kelayotgan o‘zbekistonlik 64 yashar Mag‘firat G‘ulomova jarohatlangandi.
Live
Barchasi