Istanbuldagi töyda Özbekiston fuqarosi piçoqlab öldirildimi?

Olam

−

image

Turkiyaning Istanbul şahridagi töyxonada yuzaga kelgan janjalda Turkmaniston fuqarosi, 33 yoşli Qiliç Böriyev böynidan piçoqlanib, halok böldi. Politsiya gumonlanuvçini voqeada işlatilgan piçoq bilan birga qölga oldi. Bu haqda DHA axborot agentligi xabar berdi.

Turkiya ommaviy axborot vositalari dastlab marhumni Özbekiston fuqarosi deya xabar qilgan, biroq keyinçalik uning Turkmaniston fuqarosi ekani ma’lum bölgan.

Qayd etilişiça, voqea keça, 1 noyabr kuni soat 23:30 atrofida Istanbulning Kiçikçekmeje tumanidagi Kemalpoşa mahallasi Nebioğlu köçasida joylaşgan töyxonada sodir bölgan. Töy vaqtida ikki guruh örtasida hozirça sababi aniqlanmagan mojaro kelib çiqqan.

Taxminan bir soat davom etgan tortişuv piçoqli janjalga aylangan. Janjal vaqtida Qiliç Böriyev böynidan piçoqlanib, oğir yaralangan. Voqea joyiga politsiya va tibbiyot xodimlari yetib borgan. Böriyevga birinçi yordam körsatilganidan söng u şifoxonaga olib ketilgan, biroq şifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.

Ma’lum qilinişiça, janjal iştirokçilari spirtli içimlik ta’sirida bölgan. Gumonlanuvçi R.T. Qiliç Böriyevning böyin qismiga piçoq bilan jarohat yetkazgan.

Politsiya R.T. ni Avjilar tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida qölga olgan. Undan voqeada işlatilgan piçoq ham olib qöyilgan.

Marhumning jasadi sud-tibbiyot institutidan autopsiya jarayonlari tugaganidan söng oilasi tomonidan olib ketilgan. Uning jasadi ertaga öz vatani Turkmanistonga olib ketilişi ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing