O‘zbekistonlik hakamlar JCH o‘yiniga tayinlandi

Sport

image

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev jamoasi Jahon chempionatidagi navbatdagi o‘yinini boshqarib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Ayni kunlarda AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida FIFA Jahon chempionati bahslari davom etmoqda. Musobaqaning 3-turidan o‘rin olgan Jazoir – Avstriya uchrashuvi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasiga ishonib topshirilgan.

Mazkur bahsni FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi. Uchrashuv 28 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi navbatdagi bahsini germaniyalik hakamlar boshqarishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing