Kurs UZS

USD

12 947.20

26.76

EUR

14 222.50

-30.04

RUB

153.38

-0.14

O‘zbekistonga olib kirilayotgan kartoshka chegarada chirib qoldi  

Jamiyat

image

Qozog‘istonning Pavlodar shahridan kelayotgan kartoshka ortilgan vagon tekshiruv ishlari yuzasidan O‘zbekiston bilan chegarada 10 kun ushlab qolingani oqibatida chiriy boshlagani aniqlandi. Bu haqda KTK xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Sariyog‘och” stansiyasida kartoshka yuklangan 43 ta vagon to‘xtatilgan. Yanvar oyida tadbirkorlar uni O‘zbekistonga sotishgan va yuk xaridorga jo‘natilgan. Chegarada u fitosanitariya tekshiruvi uchun to‘xtatilgan va sabzavot 10 kundan ko‘proq vaqt davomida vagonda qolib ketgan. Buning oqibatida kartoshka dastlab muzlagan, keyin esa erigan va chiriy boshlagan. 

Tadbirkorlardan biri Nursulton Ormanov 43 ta vagondan 3 tasi unga tegishli ekani va chirigan kartoshka sabab 60 million tenge (taxminan 1 milliard 503 million so‘m) yo‘qotganini, hujjatlar yanvar oyining o‘rtalarida – eksport taqiqlanishidan oldin rasmiylashtirilganini ta’kidlagan.

"Bir vagonda 68 tonna bor. Ammo undan endi foydalanib bo‘lmaydi! Bunday kartoshkani hayvonlarga ozuqa sifatida ham ishlatib bo‘lmaydi", deydi yana bir tadbirkor Azamat Serikboyev.

Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi esa yuklar ortilgan vagonlar zarur ko‘rikdan o‘tganini va ularning yo‘lida davom etishi uchun hech qanday to‘siq topmaganini ta’kidlamoqda.

"Bugungi kunga kelib, mening ma’lumotlarimga ko‘ra, tekshirish ishlari yakunlangan. Kerakli ma’lumotlar aniqlandi. Hozirda vagonlarning keyingi harakati uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Shu bois eksportga mo‘ljallangan 43 ta vagon chegaradan o‘tishi mumkin", deydi Qozog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Yerbol Tasjurekov

Biroq, tadbirkorlar endi bunday kechikkan ruxsatnomaga muhtoj emas. Zarar ko‘rayotgan beshta kompaniya vakillari mansabdor shaxslarni sudga berish niyatida ekanini aytmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 28 yanvardan boshlab Qozog‘iston hududidan uchinchi davlatlarga kartoshka olib chiqishga taqiq joriy etilgandi. Cheklov Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlariga tatbiq etilmaydi, ya’ni ushbu mamlakatlarga eksport davom etadi. Qaror 2025 yil 18 yanvar kuni qabul qilingan bo‘lib, uni Qishloq xo‘jaligi vaziri 27 yanvar kuni imzolagan. Cheklovlar olti oy davomida amal qiladi. O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yil yanvar oyi boshidan 20 yanvarga qadar kartoshkaning ulgurji narxlari 12,9 foizga qimmatlaganini ma’lum qildi.

Sara Komiljonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

kartoshka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing