O‘zbekistonga Turkiyadan delegatsiya kelmoqda
Jamiyat
−
04 mart 2021 4986 1 daqiqa
Joriy yilning 6 – 9 mart kunlari Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Turkiya delegatsiyasi O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari raisligida Strategiyani rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Shuningdek, tashrif dasturidan Xiva va Buxoro shaharlarini ziyorat qilish, Turkiyaning Samarqand shahridagi Bosh konsulxonasining ochilish marosimida ishtirok etish, boshqa vazirlik va idoralarida uchrashuv hamda muzokaralar olib borish o‘rin olgan.