O‘zbekistondagi ayrim datchiklar havo sifati bo‘yicha xato ma’lumot beryapti

Jamiyat

image

O‘zbekistonda noto‘g‘ri o‘rnatilgan datchiklar fuqarolarga havo sifati bo‘yicha xato ma’lumotlar taqdim etayotgani aniqlandi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

So‘nggi kunlarda tadbirkorlik sub’ektlari, korxonalar va fuqarolar tomonidan o‘rnatilgan atmosfera monitoringi datchiklari ma’lumotlari hamda “O‘zgidromet” tomonidan o‘rnatilgan avtomatik stansiyalar taqdim etayotgan ma’lumotlarda katta farq kuzatilgan.

Xodimlar atmosfera havosi sifatini avtomatik o‘lchash mobil stansiyasi bilan yuqorida keltirilgan datchiklar o‘rnatilgan hududlarda ma’lumotlarni taqqoslab ko‘rishgan.

Buning natijasida aksariyat datchiklar tegishli standartlar va yo‘riqnoma talablariga muvofiq o‘rnatilmagani hamda ko‘rsatkichlar xatoliklar bilan aks etayotgani ma’lum bo‘lgan. Bu Respublikada atmosfera havosi sifatini o‘lchashda, shuningdek, haqqoniy ma’lumotlarni fuqarolarga yetkazishda muammolar keltirib chiqargan.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha datchik egalariga tegishli tavsiyalar berilayotgani bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda havo sifatini monitoring qiladigan platforma ishga tushishi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston havo datchik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing