O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 11 may kuni Toshkent vaqti bilan 03:03 da Namangan va Andijon viloyatida 3,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi: 

  • Paxtaobod tumani 2-3 ball, 15 km; 
  • Izboskan tumani 2 ball, 20 km; 
  • Uchqo‘rg‘on tumani 2 ball, 21 km. 

Ma’lum qilinishicha, epimarkazda sezilish kuchi: 4 ballni tashkil etgan.

Zilzila epimarkazi Toshkentdan 263 km janubiy-sharqda joylashgan.

Magnituda: 3,1. Chuqurligi: 5 km. Epimarkaz: Qirg‘iziston Respublikasi, Jalolobod. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 11:47 da Afg‘onistonda 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi va uning kuchi O‘zbekistonda ham sezilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing