Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

O‘zbekistonda zamonaviy mudofaa sanoatiga asos solingan – Sayfiddin Jo‘rayev 

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda zamonaviy mudofaa sanoatiga asos solingan. Bu haqda siyosiy fanlar doktori, Toshkent sharqshunoslik universiteti Xalqaro munosabatlar kafedrasi professori Sayfiddin Jo‘rayev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Bugun, 21 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Mudofaa sanoati agentligining Innovatsion texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, bu yerdagi ishlab chiqarish quvvatlari, ilg‘or ishlanmalar, harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan tanishdi. Ma’lumki, agentlik tomonidan qurol-yarog‘larni modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish va istiqbolli ishlanmalarni qo‘shinlarda joriy etish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ushbu markazda 80 ga yaqin harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, robototexnika va uchuvchisiz apparatlar bo‘yicha startap loyihalari qo‘llab-quvvatlanmoqda.

“O‘zbekiston mudofaa sanoati korxonalari xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalarda samarali va faol ishtirok etmoqda. Xususan, joriy yilning 17-21 fevral kunlari Abu-Dabi shahrida (BAA) bo‘lib o‘tayotgan "IDEX-2025" ko‘rgazmasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 100 dan ortiq harbiy texnika va mahsulotlar namunalari namoyish etilmoqda. Xorijiy hamkorlarda katta qiziqish uyg‘otgan "Arslon 8×8" va "Arslon 6×6" zirhli transportyorlar, "To‘fon" o‘ziyurar gaubitsasi shular jumlasidan. Davlatimiz rahbari bu natijalar birinchi qadamlar bo‘lganini aytib, mudofaa tizimining raqobatbardoshligini oshirib borish bo‘yicha yangi vazifalarni  belgilab berdi”, deydi professor.

Shuningdek, ishlab chiqarishni muntazam takomillashtirib, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish, bunda innovatsion texnologiyalar va sun’iy intellektdan keng foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

Prezident buyurtma asosida sohaga xususiy sektorni kengroq jalb etib, harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulot turlarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Yangi ish o‘rinlari yaratish, mutaxassislarni tizimli tayyorlash, yangi texnikalar bo‘yicha ilmiy laboratoriyalar tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tashrif yakunida Prezident mudofaa sanoatini yanada rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini ko‘rsatib, mutasaddilar oldiga mahsulotlarning yuqori sifatini ta’minlash, ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish va mahalliy korxonalarning xalqaro bozordagi o‘rnini mustahkamlash yuzasidan aniq ko‘rsatmalar  berdi.

“Har qanday suveren davlatda Armiya qobiliyatini mustahkamlashda harbiy xizmatchilarning professional tayyorgarligi bilan bir qatorda mudofaa sanoatini rivojlantirish strategik ahamiyatga  ega. Shu ma’noda davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan baholar, ko‘rsatmalar va vazifalar milliy armiyamizning qudratini mustahkamlashga alohida hissa qo‘shadi”, deydi Jo‘rayev.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Sayfiddin Jo'raev mudofaa sanoati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing