O‘zbekistonda yoshlar asosan qayerlarda va qanday jinoyat sodir etyapti? (video)
3-sahifa
−
18:17 1582 2 daqiqa
Yoshlar o‘rtasida jinoyat sodir etib sudlanganlik holati Toshkent shahri va Toshkent viloyatlarida yuqori. Bu haqda kecha, 4 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Alisher Usmonov ma’lum qildi.
Tahlillarga ko‘ra, 2025 yilda 23 973 nafar yoshlar (14-30 yosh) jinoyat sodir etib sudlangan bo‘lib, bunda Toshkent shahri va Toshkent viloyatlarida eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.
Hisobot davrida firibgarlik, avtoavariya, o‘g‘rilik va giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar eng ko‘p sodir etilgan.
Ma’lumot uchun, 2431 nafar voyaga yetmaganlar (14-17 yosh) o‘g‘rilik (972), bezorilik (152), talonchilik (101), o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish (73) va boshqa jinoyatlar sodir etgani uchun sudlangan.
Sudlar tomonidan 2023-2025 yillar davomida 128 310 ta sanksiya va majburlov choralarini qo‘llash haqidagi iltimosnomalar ko‘rilgan.
Xususan, 72 425 ta shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llash haqidagi iltimosnoma ko‘rilgan bo‘lib, shulardan 2431 tasi yoki 3,3 foizi rad qilingan, bu ko‘rsatkich:
– 2023 yilda 22 135 ta ko‘rilib, 577 ta yoki 2,6 foiz;
– 2024 yilda 25 569 ta ko‘rilib, 593 ta yoki 2,3 foiz;
– 2025 yilda 24 721 ta ko‘rilib, 1 261 ta yoki 5,1 foizni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilda sudlar tomonidan jami 4 milliondan ortiq ishlar ko‘rilgani, qariyb 422 nafar shaxs oqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi