O‘tgan yili O‘zbekistonda sudlar tomonidan qancha ish ko‘rildi? (video)
Bu qiziq
−
17:55 402 1 daqiqa
2025 yilda O‘zbekistondagi sudlar tomonidan jami 4 milliondan ortiq ish ko‘rilgan. Bu haqda kecha, 4 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Alisher Usmonov ma’lum qildi.
Xususan, 2 mln dan ortiq fuqarolik ishlari, 63 mingta jinoyat ishi, 91,8 mingta material (jinoyat ishidan kelib chiqadigan), 691 mingta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar, 357 mingdan material (huquqbuzarlik ishidan kelib chiqadigan), 51,2 mingta sanksiya va majburlov choralari, 690 mingdan ortiq iqtisodiy ishlar hamda ma’muriy organlarning qarorlari va xatti-harakatlari bilan bog‘liq 18,4 mingta nizolar ko‘rib chiqilgan.
Ko‘rilgan 4 milliondan ortiq ishlarning atigi 3,3 foizi ustidan yuqori instansiya sudlariga shikoyat yoki protest berilgan (qolgan 96,7 foiz ishlar bo‘yicha sud qarorlari bilan tomonlar kelishgan).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilda qariyb 422 nafar shaxs oqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi