O‘zbekistonda yer qimirladi

Jamiyat

image

Bugun, 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 20:22 da Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani sodir bo‘lgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 206 km janubi-sharqda joylashgan. Magnituda: 2,8. Chuqurligi: 5 km. Epitsentr: Yangiqo‘rg‘on, O‘zbekiston. Koordinatalari: 41,08 daraja shimoliy kenglik, 71,66 daraja sharqiy uzunlik. 

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Namangan shahrida 2-3 ball, 9 km.
  • Namangan tumanida 2 ball, 16 km.
  • Chortoq tumanida 2 ball, 19 km.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand va Jizzax viloyatlarining bir nechta tumanlarida sezilgan yer qimirlashi sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing