O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozorida yana o‘sish kuzatildi

Jamiyat

image
Ko‘chmas mulk biznesi: pul qachon “o‘zi keladi?” north_east

Ko‘chmas mulk biznesi: pul qachon “o‘zi keladi?”

2025 yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda uy-joy sotuvlari 10,6 foizga oshib, 136,5 ming xonadonni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.

Iyun oyi yakuniga ko‘ra, 21 mingta oldi-sotdi bitimlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 foizga oshgan. 2025 yilning birinchi yarim yilligida hududlarda ko‘chmas mulk bozorida barqaror o‘sish kuzatilmoqda. Oldi-sotdi shartnomalarida eng yuqori o‘sish Jizzax (29,9 foiz), Navoiy (18,3 foiz) va Surxondaryo (17,7 foiz) viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, Toshkent viloyatida bitimlar hajmi biroz kamaygani (2,6 foiz) kuzatildi.

Iyun oyida ikkilamchi bozorda uy-joylarning o‘rtacha narxi o‘tgan oyga nisbatan 0,3 foizga oshdi. Yillik hisobda o‘sish 1,8 foizni tashkil etdi.

Hududlar kesimida iyun oyida Jizzax viloyatida uy-joy narxlari biroz pasayganiga (-1,3 foiz) qaramasdan, yillik o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchilik qilmoqda (11,7 foiz). Shu bilan birga, yillik hisobda ijobiy dinamika Surxondaryo (10,9 foiz), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (9,3 foiz), Xorazm (7,3 foiz) va Namangan (7,1 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.

Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joyning o‘rtacha narxi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,8 foizga pasayib, yangi qurilgan uylarning narxlari esa biroz kamaydi (1,6 foiz).

O‘tgan yilning iyun oyidan poytaxtdagi ikkilamchi uy-joy narxlarida eng katta pasayish Mirzo-Ulug‘bek (-7,6 foiz), Yashnobod (-7,3 foiz) va Chilonzor (-6,9 foiz) tumanlarida kuzatildi.

Birlamchi uy-joy narxlarida eng katta pasayish Uchtepa (-9,7 foiz), Yunusobod (-8,8 foiz) va Shayxontohur (-7,7 foiz) tumanlarida qayd etildi.

O‘tgan oyda Toshkent shahrida ijara narxlari barqarorligi kuzatildi. O‘rtacha ijara narxi may oyidagi ko‘rsatkichni saqlab qoldi va bir kvadrat metr uchun 8,1 dollarni tashkil etdi.

Poytaxtning Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Ushbu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha 10,3 dollarni tashkil etdi.

Yillik hisobda o‘rtacha ijara narxlari 2,6 foizga pasaydi. Eng sezilarli pasayish Uchtepa, Yashnobod va Chilonzor tumanlarida qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

narx-navo ko'chmas mulk uy-joy savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing