Raqobat qo‘mitasi savdo tarmoqlarini Ramazonda narxlarni oshirmaslikka chaqirdi

Jamiyat

image

Ramazon oyi arafasida keskin talab oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligi ta’minlanadi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu choralar davlat rahbarining Ramazon kunlarida ichki bozorda narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha bergan topshirig‘i ijrosi doirasida amalga oshirilgan.

Unga ko‘ra, yirik savdo tarmoqlari va respublika hududlaridagi savdo komplekslari Ramazon oyi arafasida keskin talab oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlaydi. Chakana savdo tarmoqlari va hududlardagi savdo komplekslariga yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni o‘zgartirishi, logistika xarajatlari va boshqa narxning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida qo‘mitani tezkor xabardor qilib borish, hamda yetkazib beruvchilarni asossiz narxlarni oshirishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirib borishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborilgan. 

Qo‘mita xalq uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash borasida o‘z vakolatlari doirasida zaruriy barcha choralarni ko‘rib borishini ma’lum qilgan.

Javohir Aliqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

bozor narx-navo Ramazon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing