O‘zbekistonda Qo‘riqlash xizmatiga yangi vakolatlar berildi
Jamiyat
−
21 may 5384 2 daqiqa
Endi ayrim ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar Ichki ishlar vazirligi huzuridagi qo‘riqlash xizmatining mansabdor shaxslari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bu haqda joriy yilning 19 may kuni qabul qilingan “Qo‘riqlash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda so‘z boradi.
Unga ko‘ra, quyidagi ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlash xizmatlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi:
- jamoat joylarida tamaki va alkogol mahsulotini iste’mol qilish;
- belgilanmagan joylarga chiqindilarni tashlash va to‘kish;
- voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish;
- maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish va boshqalar.
Qonunda belgilanishicha, quyidagilarni ham ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlash xizmatlarining (bo‘linmalarining) mansabdor shaxslar ko‘rib chiqadi:
- oz miqdorda talon-taroj qilish;
- mayda bezorilik;
- diniy materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish;
- quroldan belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish;
- sovuq qurolni olib olib yurish;
- voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish va boshqalar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Milliy gvardiya xodimlariga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga doir vakolatlar berilgan edi.
Live
BarchasiBuxoroda yana zilzila bo‘ldi
21 may