Farg‘onada fuqaro 1 kg gashishni $11 000 ga pullamoqchi bo‘lganida ushlandi (video)

3-sahifa

image

Farg‘onada 1 kilogramm gashishni 11 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1996 yilda tug‘ilgan, Farg‘ona tumani “Log‘on” mahallasida yashovchi shaxs giyohvand moddasini sotish vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Undan qora rangli sellofan paketga solinib, yopishqoq tasma bilan o‘ralgan 1 kilogramm gashishga o‘xshash modda olib qo‘yilgan. Qayd etilishicha, mazkur giyohvandlik vositasi 11 ming dollar evaziga sotilishi kerak bo‘lgan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida muqaddam narkotik savdosi bilan shug‘ullanishga oid jinoyatlari uchun sudlangan 3 nafar shaxsdan jami 2,5 kg, shuningdek, afg‘onistonlik shaxs tomonidan mamlakatga olib kirilgan va sotishga uringan 0,5 kg giyohvandlik moddalari musodara qilingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing