O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan shaxs attraksionda ushlandi
Jamiyat
−
16 sentabr 2023 15567 1 daqiqa
Firibgarlik jinoyatida ayblanib, qidiruvda bo‘lgan shaxs attraksionda qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy Gvardiya axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida istiqomat qiluvchi 26 yoshli fuqaro firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun Ichki ishlar organlari tomonidan qidiruvga berilgan. Nihoyat, Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan “Navro‘z” istirohat bog‘i hududida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari uni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan.
“Jamoat joylari bo‘lgan parklar, xiyobon va bozorlarda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi ishlar kuchaytirilgani o‘z samarasini bermoqda”, deyiladi idoraning bu haqdagi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda qotillikda gumonlanib, 21 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlangani haqida xabar bergandik.
Akobir Sayidov
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28