O‘zbekistonda go‘sht importi ko‘paydi
Jamiyat
−
02 dekabr 2021 10144 1 daqiqa
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston xorijdan 23,9 ming tonna go‘sht import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mitaning xabariga ko‘ra, go‘sht importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,3 ming tonnaga oshgan.
2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston eng ko‘p go‘sht import qilgan davlatlar:
Belarus – 16,2 ming tonna
Qozog‘iston – 3,5 ming tonna
Ukraina – 2,3 ming tonna
Rossiya – 606 tonna
Moldova – 600 tonna
Shuningdek, O‘zbekistonda 2021 yilning 9 oyida 1,9 mln. tonna go‘sht yetishtirilgan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr